avatar
Куч
9.88
Рейтинг
+3.62

Мақолалар

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
1.2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilindi.
2.Urush yillari asorati.
3.Mustaqilligimiz boyligimiz.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 22 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali marosimda davlatimiz rahbari kirib kelayotgan yangi 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili deb”e’lon qildi.
Bu taklif yurtdoshlarimiz qalbini shodlikka to’ldirdi.Bu so’z navbatida,odamlarning ongu tafakkuri,dunyoqarashi va kayfiyati tubdan o’zgarib,ularning yon-atrofimizda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi,ertangi kunga munosabati va ishonchi tobora mustahkamlanib,siyosiy saviyasi va huquqiy madaniyati oshib borayotganini ko’rsatadi.Keksalarga hurmat xalqimizning azaliy ibratli qadriyatlaridan hisoblanadi.Bunga misol qilib hukumatimiz tomonidan istiqlol yillarida keksalarni ulug’lash borasidagi bir qator xayrli ishlarini olishimiz mumkin.Bunday ishlarning o’tkazilishidan maqsad bir birimizga mehr-oqibatli,halol va bir birimizning qadrimizga yetishga undash deb hisoblayman.Keksalar duosi bu bizning haqiqiy boyligimiz axir!
Mening bobom va buvim esa Samarqandliklar.Bobom urushning o’rtalarida,buvim esa urushdan so’ng dunyoga kelishgan.Lekin bari bir ham qiyinchiliklar tark etmagan,urushdan so’ng hamma tang ahvolda bo’lgan davrlarga to’gri kelgani tufayli bizga bir qator voqealarni so’zlab berar edilar.Bu voqealar qanchalar dahshatli va qo’rqinchli bo’lmasin bizga qiziq tuyulaverar edi.Mustaqillik yillarida tug’ulganimiz uchunmi yoki yosh bo’lganimiz uchunmi bizga tinchlik yillari haqidagi gaplari yoqmas edi.Keyinchalik esa bu bizning haqiqiy boyligimiz ekanini,urush esa naqadar daxshatli,vayronkor va ayanchli ekanini tushunib yetdim va vatan naqadar muqaddas va aziz ekanini angladim,vatanni hech qanday boylikka alishib bo’lmasligini,dunyo-dunyo oltindan,million-millon yuzaki do’stlardan ko’ra o’z yutingdagi choyxonada kutib turgan ulfatlaring bilan bir soat miriqib suhbatlashsang shuning o’zi katta baxt.Ba’zi bir boylik ortidan chet davlatga ketib o’zligini unutib har tunini xavotirda o’z boyligiga ko’milib yotgandan ko’ra, o’z yurtida oddiy maoshga yashab yurgani yaxshiroq.
Buvim raxmatli bir gapni ko’pqaytarar edilar “Agar yaxshi odam bo’lishni istasang,kitobdan hecham vozkechma”.Bu gaplar bizlarga qattiq ta’sir qilganmi biz ya’ni nabiralari barchamiz bilim borasida ko’pgina yutuqlarga erishib kelmoqdamiz.Buvim olamdan o’tganiga bir yil bo’lsada biz uchun huddi bir asr kabi uzoq tuyulardi chunki biz barcha yutuqlarimizni birinchi buvimga keyin bobomga aytar edik.Hozir esa buvimizsiz yolg’izlanib qolgandekmiz go’yo.Chunki har yili biz Samarqandga borgan bizni doim yorug’ yuz bilan kutib olar edilar.Buvimsiz hovli huvillab qolganga o’xshaydi.
Bizlarning tarbiyamizda bobomning ham hissasi katta bo’lgan.Bobom esa anchagina baquvat kishilar.Bobomning eng dono gaplari bu “Ishinga qunt bilan kirishsang seni omad o’zi qidirib keladi”.Bobomning va buvimning bunday hikmatli so’laridan biz doim xulosa qilib amal qilib kelganmiz.Bu so’zlarga amal qilib biz hali kam bo’lmadik,Birgina sport borasida mening o’zim ikki marotaba O’zbekiston chempionatida qatnashdim va faxrli birinchi va uchinchi o’rinlarni egalladim.Qariyalar haqiqatda duoga qo’l yozsalar ularning tilaklari ijobat bo’lar ekan.Bu tilak amalga oshishi uchun faqat duo emas harakat ham kerak bo’lar ekan.Bobom bizga urush yillari haqida so’lab berar ekan,bizga otasi katta bobomizning urushga ketgani,u paytlarda hali juda yosh bo’lganligi,oilasini onalari bir o’zi qiyinchilikda boqqanligini so’zlab berardilar.
Bizlarga ma’lumki1939-1945 -yillarda bo’lib o’tgan 2-jahon urushida bizning yurtimizdan salkam ikki million kishi qatnashgan.Bu urushda o’zbekning bir qator zabardast,chaqqon,ko’zlarida o’t chaqnab turgan’biri-biridan kelishgan,mard va jasur o’g’lonlari,ona yurt tinchligi uchun ko’kslarini qalqon qilib o’z jonlarini fido qilishgan.Bu urushdagi fidoiylik  esa bekor ketmadi.Ularning biz kelajak avlod uchun baxshida etgan yoshliklari,navqironligi va mardliklarini a’lo baholab,tazim aylashimiz kerak.Negaki deyarli butun umrini qiyinchilik,azob-uqubat,ayriliq va hijron azobida o’tkazgan bu nuroniylarning ko’rgan kechirganlari hozirda bir inson hayoti uchun ko’plik qiladi go’yo.Haqiqatda ham shunday.Bir paytning o’zida ham ochlik ham yetimlikni boshdan kechirish bu haqiqiy azob.Hozirgi kundagi ota-ona mehridan mosuvo bo’lgan bolalarga prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Ammo urush yillarida ularga kim sharoit yaratib bergan?Hechkim.Ular yoshligidan o’g’rilik,cho’ntak kesarlik yo’li bilan zo’rg’a,bir amallab qorin to’ydirish ilinjida kun kechirishgan.Agar ularga barcha zarur sharoit va yengilliklar bo’lganda,kim biladi balki yana bir buyuk olim,yozuvchi yoki shoir chiqarmidi?Nima bo’lganda ham vaqtni ortiga qaytarishning iloji yo’q.Lekin ulardan qolgan chuqur xotiralar ba’zi-ba’zida yurakni tirnab turadi.
Biz xursand bo’lishimiz kerak negaki bizning zamonamiz bunaqa ayanchli,zulmlar iskanjasidan chiqib ketgan.Biz xursand bo’lishimiz kerak shunday yurtboshimiz borligidan va mustaqil yurtning mustaqil farzandlari ekanimizdan.
Barchaga ma’lumki, chaqaloq dunyoga kelishi bilanoq avliyo yoki yovuz bo’lib dunyoga kelmaydi.Uning kim bo’lib yetishishi ko’rgan muhit va ta’lim-tarbiyaga bog’liq.Nemis Fashistlari rahnamosi Adolf Gitler esa faqat gina ta’limni ko’ra olgan xolos tarbiya va muhit esa yaxshi bo’lmagan.Undagi yuksak bilimdan esa yomon muhit tufayli vayronkor g’oyalari yo’lida  foydalanish oqibatida eng avvalo Germaniyaning o’ziga so’ngra boshqa chegaradosh davlatlarga katta xavf keltirgan.
Bu paytlarda esa O’rta Osiyo davlatlari ikki tomonlama ya’ni sobiq Sho’ro hamda Nemis Fashistlari tomonidan ham urushdan ham ochlik-yo’qchilikdan va cheklovlardan aziyat chekar edi.Sobiq Sho’ro hamda Germaniya o’rtasidagi tuzilgan “Tinchlik shartnomasi” 1941-yilda buzilganidan so’ng O’rta Osiyo xalqlari yanada qiyinchilik iskanjasida qoladi.Shunga qaramay O’zbekiston respublikasida I.V.Stalin buyrug’iga binoan zavod va korxonalardan asosan qurol-yaroqlar chiqarishni yo’lga qo’yadi.Bu zavodlardan faqat tanklar va jangovor samalyotlar ishlab chiqarilgan.I.V.Stalin tomonidan ishchilar va zarur asboblar uchun mablag’ jo’natilgan.Frontga esa yordam tariqasida kiyim-kechak,oziq-ovqatlar muntazam ravishda jo’natib turilgan.Bu urushga esa yuqorida aytilganidek 1,5milliondan ortiq deyarli 2millon odam qatnashgan.Shulardan 450 mingdan ortiq o’zbek o’g’lonlari jang maydonida halok bo’lgan.O’sha kezlarda respublika aholisi 6,5millon kishini tashkil etgan.
Bu urushdan asosiy maqsad boshqa millat vakillarini o’ziga bo’y so’ndirish va dunyoda yakka hokimlik tartibini o’rnatish bo’lgan.Lekin bu siyosatning kamchiligi bor bo’lgan.Bu kamchilik begunoh xalqni ayovsiz  xo’rlash va o’ldirish edi.Buni kamchilik deb olishda sabab qora xalqning  g’azabga kelishini nazarga ola bilmaganligi hisoblanadi.Bu ham inson ma’naviyatining bir xilda emasligi va o’zini manfaatlari yo’lida hech narsadan toymasligidan dalolat beradi.Bu urush insoniyat uchun bir qancha salbiy oqibatlar keltiradi.Siyosiy o’sishning to’xtashi,xalqning ravnaqi va  ma’naviy jihatdan qoloq davlatga  aylantiradi  xolos.Bu esa o’z  navbatida mahalliy qonunbuzarlik avj olishi va ommaviy madaniyatsizlikni yuzaga keltiradi.Madaniyatsiz davlat esa har tomonlama eng qoloq davlat hisoblanadi.Misol tariqasida biz hozirgi kundagi Suriya va Ukrainani misol qilib olishimiz mumkin.Bu davlatlarning har ikkisida ham o’zaro millatchilik urushlari davom etmoqda.Bundan tashqariterror guruhlari tomonidan tashkil etilgan “Islom davlati”ham ana shunday o’zaro urushlar natijasida tashkil topgan davlatdir.Bu davlatda hozirda faqatgina jangarilar guruhlari istiqomat qiladi xolos.
Insonlar tinchlikni tarix esa urushni sevadi degandek,biz o’rganayotgan tarixning deyarli yarimidan ko’pi urushlar va qo’zg’olonlardan iborat.
Ikkinchi jahon urushini esa tarixga “Eng talofatli va shavqatsiz urush
nomi bilan kiritish mumkin.
Anashu urushda qatnashganlar orasidan 18 nafari hozirgi kunda Qarshi
shahrida istiqomat qilishadi.Shular orasidan bittasi Cherninko Ivan bizning “Alisher Navoiy”mahallasida yashaydi.Janob Ivan ko’zi ojiz bo’lishiga qaramay o’z hayotidan nolimaydi.Biz u kishining oldiga borganimizda xursand bo’ladilar.Bizga o’zining urushda ko’rganlarini so’zlab berarkan so’zlarida qandaydir mung borligini sezib turamiz,lekin gapimiz bora-bora mustaqillik yillariga kelib qolsa,yana ko’tarinkilikni va xursandchilikni sezib biz ham xursand bo’lamiz.
Men bunday tinch va mustaqil yurtda yashayotganimdan shodman negaki barchaga ma’lum bo’lsa kerak bizning zamonamiz ham hozirda tinch zamon emas.E’tibor berib nazar soladigan bo’lsak ,bizdan tashqarida Suriya,Ukraina,Afgo’nistonlarda hali hamon urush davom etmoqda.Bu bo’layotgan to’ntarishlar bevosita boshqa davlatlarga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolayotgani yo’q.Masalan Suriya va Iroq davlatlarida tuzilgan “Islom Shom davlati”hali tuzilganiga bir yil ham bo’lmasdan turib o’z harakatlarini boshlab yubordi.Bunday davlat to’ntarilishlari deyarli barcha davlatda har yili sodir bo’ladi,huddi mavsumiy kasalikka o’xshab.Lekin birgina O’zbekiston bunday terroristik harakatlardan mustasno desa ham bo’ladi.Negaki bizning milliy mudofamiz dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi.Shu sababdan bizning har tunimiz tinch,kunimiz osuda ,farzandlar esa bemalol o’qishga bo’sh paytlari biron to’garakka boradilar.Mustaqillik tufayli bizga berilgan imkoniyatlar,biz uchun hattoki butun dunyodagi eng zo’r universitetlar eshigini ochib bermoqda.Masalan birgina “Nano”texnologiyasi bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turuvchi,Yaponiyaning “Nagoya”universitetida yurtimiznig birqancha umidli yoshlari ta’lim olishmoqda.Bizdan faqatgina yaxshi o’qish talab qilinmoqda xolos.Biz televizor orqali ko’rsatayotgan aka-opalarimizga havas bilan boqib,o’z oldimizga “Ulardan ham intelektual,bilimli, jismonan hamda ruhan kuchli bo’lishimiz kerak”degan maqsad qo’yishimiz lozim.
Biz yoshlar kimning avlodi ekanimizni,o’zligimizni unutmasligimiz lozim.Doim mustaqilligimizni qadriga yetib yurtimizni har sohada faqat va faqat birinchi o’ringa chiqarib,dunyoga tanitishimiz kerak.Bu biz yoshlarning eng oliy maqsadimiz bo’lib qoladi degan umiddaman.
 
 
 
Qarshi Shahar 29-umumiy o’ta ta’lim maktabi
8-“B”sinf o’quvchisi
Jahonov Diyorbek.
 
Manzil:Qarshi Shahar Alisher Navoiy mahallasi Olimlar ko’chasi(O’ljaboyeva)3-A uy 5-xonadon.

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
                                         Reja:
1.     Keksalarni e’zozlash qadimiy odatimiz.
2.     Bobom va buvim oilamiz,mahallamiz faxri.
3.     Buvim izidan boraman.
                                           Qarisi bor uyning parisi border
                                            Fayz-u baraka,shodlik barisi bordir.
       Bizda an’anaga aylanib qolgan yaxshi bir odat bor. Bu kirib kelayotgan yangi yilning o’ziga xos tarzda nomlanishidir.
       Davlatimiz rahbari konstitutsiyaning 22-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda: “Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib boorish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga ularning hayotini mazmunli qilish  yo’lida olib borilayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur”deya ta’kidlaydilar va yangi 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili”deb nomlashni taklif qildilar.
         Mazkur taklifni keng jamoatchilik yuksak e’tiraf sifatida qabul qildi.
          Darhaqiqat, o’zbek xonadonida farzand tarbiyasi hususida so’z borganda keksalarning o’rni, ularning pand-nasihatlari va hayot tajribasiga tayaniladi. Bobo va buvi tarbiyasini olgan o’g’il-qiz borki qalbida  mehr-muhabbat, atrofdagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning  har aytgan so’zini o’z hayotida dasturilamal bilib, to’g’ri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi.
            Mening bobom va buvim nafaqat oilamiz fayzi, balki mahallamiz faxri hamdir. Zero, bobm hozir hayot bo’lmasalarda, lekin ularning xotiralari biz biln birga. Ularning duolari, hikmatli so’zlari to’g’ri va halol yashashga undaydi. Bobomning menga: “Agarda insonning ezgu maqsadlari qanchalar katta bo’lsa va unga erishishni chin dildan istasa,u albatta o’z maqsadiga erishadi” deb aytgan so’zlari hech yodimdan chiqmaydi. Haqiqatdan ham har bir insonnig o’z oldiga qo’ygan maqsadi, orzu-umidlari bo’ladi, maqsadsiz inson esa mevasiz daraxtga o’xshaydi.  Mening buvijonim esa oilamiz fayzi, farishtasidir. Buvijonim 30 yildan ortiq umrlarini bolalarga ta’lim berishga bag’ishlaganlar. Hozirda buvim nafaqadalar va biz nabiralar tarbiyasi bilan shug’ullanmoqdalar.  Ularning to’rt farzandlari vatan ravnaqining yanada yuksalishi uchun o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda. Shu bilan birga  buvijonim nabiralariga  ta’lim-tarbiya berishdan hanuz charchamaydilar. Nabiralari ham maktabning a’lochi, odobli o’quvchilaridan biri. Ular qatorida men ham buvimning so’zlarini o’git bilib, ularning izlaridan borishga va munosib farzand bo’lishga  harakat qilyapman.
Ha aytgancha, men o’qituvchilar oilasidanman. Mening buvijonim Qodirova Nasiba opa, onajonim Baratova Marziya, yangam Raxmatova Dilnoza, ammalarim Ergashova Karomat,  Ergashova  Nafisa, Ergashova Zulfiya, Ergashova Surayyo   barchalari elimiz ardog’idagi jonkuyar muallimlardir. Hatto bizning maktabimiz raxbari “Xalq ta’limi a’lochisi”oliy toifali o’qituvchi Raxmonova Maqsuda Turdiyevna ham buvijonim shogirdidirlar. Men ularga havas qilaman, ulardan o’rnak olaman va men ham kelajakda ularga o’xshab yurtimiz koriga yaraydigan yetuk kadr bo’lib yetishish uchun astoyidil harakat qilaman.
Mening bu maqsadimga erishishimda ayniqsa buvijonimning duolari, o’gitlari,menga to’g’ri yo’lni ko’rsatishda yordam beradi desam mubolag’a bo’lmaydi. Men mana shunday insonning nabirasi ekanimdan faxrlanaman.
 Buvimning mahallada ham  hurmatlari baland. Ularning yuzlab shogirdlari yurtimizning turli javhalarida  ishlab, vatanimizning yanada rivojlanib yuksalishida o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda. Ularning barchasi buvimni ko’rganida qo’llarini ko’ksiga qo’yib hurmatlarini izhor etadilar.
Hozirda buvijonim, Nasiba aya mahallamiz xotin-qizlar qo’mitasi raisidirlar. Mening tinib-tinchimas buvijonimsiz mahallamizning hech bir tadbir va bayramlari o’tmaydi. Ularning tashabbuslari bilan mahallamiz qizlari o’rtasida  turli xil tadbirlar o’tkazib turiladi. Tadbirda qizlarimizlarimizga ularning odob-axloqi, yurish-turishlari, yoshi katta bobo va buvijonlarimizni hurmatini joyiga qo’yishlari, oilaga bo’lgan sadoqati to’g’risida ko’plab ma’lumotlarini berib o’tadilar. Ular bundan o’zlariga kerakli bo’lgan xulosalarni chiqarib olishadi. Mana shunday shijoatni, g’ayratni qalbida mujassam etgan buvijonimning hayot yo’llari bir tekis, ravon o’tmagan. Ular bu e’tiborga, hurmatga, mashaqqatli  mehnat, sabr- bardosh bilan erishganlar.  Buvim yuksak bilim, ma’naviyat xazinasidirlar. Ularning  har bir so’zi, hikoyasi biz uchun o’gitdir. Ezgulikka chorlovchi buvim-onamni, otmni barchamizni ma’rifat sari yetakladilar.
 
Bugungi kunda buvimga havas qilib, men ham ularga izdosh bo’lmoqchiman. Buvim o’gitlarini dilimda jo qilib, ularga munosib nabira va eng faxrli shogird bo’lmoqchiman.
Qashqadaro viloyati Qarshi tuman 26 maktab 8 sinf Mo'mina Ibrohimova

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
1.Prezidentimizning keksalarga bo’lgan e’tibori.
2.Qarisi bor uyning parisi bordir.
3.Buvijonimning hikoyalari.
4.Biz yoshlarning keksalar oldidagi burchimiz
 
Meni deysiz yorug’ yulduzim,
Ma’noga boy ijodkor qizim.
Erkalatib deysiz goh “Ko’zim”
Buvijonim so’zlari a’lo.
 
Yurtboshimizning keksalarga bo’lgan e’tibori bilan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilindi.  Bu yil munosabati bilan joylarda  turli xil tadbirlar bo’lib o’tdi. Bu tadbirda nafaqat maktab yoshidagi  bolalar  shuningdek, kattalar ham birdek  qatnashdi. Bu mehnat tadbirlardan maqsad-qarovsiz, boquvchisiz keksa yoshdagi insonlarga yordam qo’lini  cho’zish, ularni uy yumushlariga  yordam berishdir. Boquvchisi  va g’amxo’rlik  qiladigan  kishisi bo’lmagan kishilarga nafaqalar, mehnatga yaroqli kishilarga  esa yangi  ish o’rinlari  ajratilyapti. Xalqimiz keksalarni borida  qadrlaydi, e’zozlaydi.
Mening bobom va buvim  mahallamiz faxrlaridir.  Bekorga “Qarisi bor uyning parisi bor” deb aytishmaydi.  Bobomning ko’zlaridan nuroniylik hissi ufurib turadi. Bobomdan hozirgacha  biror muammoni  yechimini topish uchun maslahat so’rab kelishadi. Bobom esa bu ishdan  charchagan emaslar. Bu  ishni xuddi oddiy  holdek qarshilaydilar. Men har doim: “Bobojon  nega endi  qilayotgan ishingizdan hech charchamaysiz”,- deb  aytaman. Bobom esa:
---Bolam sen hali hayot qiyinchiliklariyu mashaqqatlarini ko’rmagansan. Hayot bamisoli baland cho’qqilardan iboratdir. Shu cho’qqilar  esa qiyinchilikdir. Ularga to’g’ri yo’l  ko’rsatib, nasihat berish bizning zimmamizdadir,- deb aytadilar.
Menga bobomni shu so’zlari xuddi yoqimli kuydek tuyiladi. Ayniqsa, bobomning kitoblari bir dunyo xazinadek. Ularda shunday dono fikrlar bitilganki, hatto butun mol-u dunyoyingizni sotib ham bunchalik qimmatli fikrlarni topa olmaysiz. Ularning pand-nasihatlari oltindanda qimmatroqdir.
Buvijonim  ham menga juda ko’p ibratli va qiziqarli hikoyalar so’zlab beradilar. Ularni tinglab turib, dunyoda qilichdanda o’tkir narsa--so’z ekaniga yan bir bor guvoh bo’laman. Hammasidan ko’ra, buvimning bir hikoyalari juda yoqadi. Agar shu hikoyani aytib bersalar har doim bobom va buvim esimga tushadi .
Kunlardan bir kuni qalam o’chirg’ichga debdi:
 men juda afsusdaman!
− Nega? Deb so’rabdi o’chirg’ich.
− Chunki men tufayli bot- bot shikastlanasan xatolarimni tuzata turib ma’lum bir qismingni yo’qotasan. Shu zaylda kichrayib boraverasan. Shunda o’chirg’ch: shundaykuya, lekin sen borliging sababli men ham mavjudman. Men sening xatolaringni tuzatish uchun yaratilganman. Bilaman, men bir kun tugayman. Lekin men bu vazifadan juda xursandman.
Agar o’ylab qarasak ota-onamiz ham- shu qalam va o’chirgichga o’xshaydi, negaki, ular ham bizning xatolarimizni tuzata turib- sochlariga oq oralaydi, qaddilari ma’lum bir darajada o’zgaradi. Ya’ni keksayishadi. Shuning uchun ham ularni asrab- avalashimiz zarurdir. Bobom ham shunday kishilardan. U kishi ham bizning xatolarimizni tuzatadilar.
Biz yoshlarning keksalar oldidagi burchimiz shundan iboratki, ularni nasihatlariga har doim amal qilishimiz. Har doim ularni hurmat qilishimiz, tez-tez hollaridan xabar olishimiz zarur.  Har tongda, sahar uyg’onar ekanmiz, atrofda mayin shabadalar, daraxtlar bargining shivirlashi, qushlarning sayrashi bilan birga bizni  duo qilib turgan bobo-buvilarimizga ko’zimiz tushadi. Jamiyatda oilasining barcha tashvishlarini o’z yelkasiga  ortib kelayotgan, shu bilan birga barchaga o’rnak bo’layotgan shunday keksalar mamlakatimiz ardogi’dadir. Bobom va buvim doim menga shunday deydilar:  Kundan-kun osoyishta hamda farovon hayotni yuragida o’rab ildam borayotgan mustaqil O’zbekistonimizning har bir o’tayotgan damlari  bir burda nonimizdek aziz va tabarrukdir. Kattalarni hurmat kichiklarni izzat qilish xalqimizga xos qadriyatlardan har kun ko’cha yoki shahardan o’tar ekanmiz keksalarga salom berish ham bizning burchimizdir. Aslida buni burch deb ham bo’lmaydi chunki, odob avvalo salomdan boshlanadi. Keksalarni ko’pincha poydevorga o’xshatiladi. Chunki ular qanchalik yosh va baquvvat bo’lishsa biz ham tinch va totuv bo’lamiz. Xulosa shuki, keksalar bizning faxrimizdir. Ularni qancha avaylab-asrasak shuncha kam. Ko’chada ketayotganda u yo’ldan bu yo’lga o’ta olmayotgan so’qir yoki keksa kishilarni yo’ldan o’tishiga yordam berishimiz lozim. Ularni qo’lida og’ir yuk kursak, darhol  yukni olib og’ir yumushlariga yordam berish eng  katta burchimizdir
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman 26 maktab 8 A sinf Safarova Muqaddas